Maktablarda 12 yillik taʼlimga qadam qöyildi
PF-19.pdf
PDF · 7,4 MB
❗️Maktablarda 12 yillik taʼlimga qadam qöyildi
Prezident farmoniga köra, bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining taʼlim dasturi majburiy umumiy örta taʼlimning dastlabki bosqiçi sifatida kiritildi.
Bunda:
🔹bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining taʼlim dasturlari maktabgaça taʼlim taşkilotlari, umumiy örta taʼlim maktablari va boşqa ijtimoiy soha obyektlarida töliq yoki qisqa muddatli guruhlarda amalga oşiriladi;
🔹maktabgaça va umumiy örta taʼlim xizmatlarini körsatuvçi nodavlat taʼlim taşkilotlariga bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarini taşkil etişga ruxsat beriladi;
Kelgusi yildan, yaʼni 2027/2028 öquv yilidan boşlab:
➖ maktabga tayyorlov guruhlarida taʼlim jarayonlari oliy maʼlumotli pedagoglar, şuningdek, oliy taʼlim taşkilotlarining bitiruvçi bosqiç talabalari tomonidan olib boriladi;
➖ maktabga tayyorlov guruhlarida taʼlim-tarbiya olgan bolalarga bir yillik maktabga tayyorlovdan ötganlik töğrisida davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi hamda uşbu maʼlumotlar umumiy örta taʼlim töğrisidagi şahodatnomada qayd etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars



