Keyingi öquv yilidan yuqori sinflar uçun sunʼiy intellekt böyiça darslar kiritiladi
Matn9-sentabr, 2025, 14:511 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzQaşqadaryo va Surxondaryoda 100 ta maktabda bepul avtobus yölga qöyildi. Samarqand va Jizzaxda ham şunday taşabbus amalga oşirilişi kutilmoqda.
📚 Keyingi öquv yilidan yuqori sinflar uçun sunʼiy intellekt böyiça darslar kiritiladi
Buning uçun 2 mingta sinf xonasiga kompyuter, 6 ming 300 ta interfaol doska kerak. Uşbu maqsadlarga zarur mablağlarni keyingi yil davlat byudjetida nazarda tutiş topşirildi.
Iqtidorli öquvçilarga şaroit yaratiş uçun viloyatlarda axborot texnologiyalariga ixtisoslaşgan Al-Xorazmiy, muhandislik böyiça Mirzo Uluğbek, tabiiy fanlar yönalişida Ibn Sino maktablari filiallari taşkil etiladi.
Yaxşi natijaga erişgan bitiruvçilar biriktirilgan texnika oliygohlarining 2-kursiga qabul qilinadi.
