Maktabni bitirmasdan test topşirgan öquvçilar talabalikka tavsiya etilmadi
Joriy yildagi yangiliklardan biri:
#abituriyent
hali 11-sinfni tugatmasdan (şahodatnoma olmasdan), maktabning 9, 10-sinflarida öqiyotgan öquvçilar testga kirsa, mandatda natijasi yuqoridagi kabi çiqayotgan ekan. Yaʼni garçi ularning olgan bali yetarli bölsa ham, lekin talabalikka tavsiya etilmagan.
Bunga sabab sifatida "Majburiy 11 yillik taʼlimni tamomlamagan" degan ogohlantiriş çiqmoqda.
Avval ham bir neça marta bu haqda yozgandik. Hali maktabni tugatmasdan testga kirişning foydasi yöq, baribir öqiy olmaydi. Qonunçilik böyiça, talaba böliş uçun albatta 11-sinf şahodatnomasi kerak.
Ötgan yillarda mana şunday 10-sinflar birovlarning joyini egallagandi va bitta kvota kuyib ketgandi. Bu yil şu narsaga çek qöyilibdi, yaxşi.
👉 @xushnudbek 👈

