«Malibu», salkam 2 mlrd söm, endi binomi?

Matn7-fevral, 2022, 21:131 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzŞaxmat federatsiyasi rahbarlari taşkilotga tegişli Malibu avtomobilini 53,5 mln sömga sotib, 1,86 mlrd söm mablağni MÇJ orqali şaxsiy plastik kartalarga ötkazg…

«Malibu», salkam 2 mlrd söm, endi binomi?

Şaxmat federatsiyasi raisi Aziz Abduhakimov «Markaziy şaxmat klubi» MÇJga asossiz ötkazib berilgan pullar va «Malibu» avtomobilini qaytarib berişni talab qilib xat çiqaribdi. Bilmadim, bundan biror foyda bölarmikin. Bu işni qilayotganda uyalmagan insonlar, endi uyalib qolarmikin. Mayli, voqealar rivojini kuzatamiz.

Aytgança, özlaştirilgan pullar va maşina voqeasi bu hali hammasi emas ekan. Zafarbek Solijonov ham uşbu masala haqida yozib, Respublika şaxmat maktabi binosi egallab olingani masalasiga eʼtibor qaratibdi. «Bino hali ham davlat tasarrufidami? Davlat tasarrufida bölsa, ijara markazi orqali ular bilan qonuniy ijara şartnomasi tuzilganmi?», degan savollar qöygan.

Oldinroq Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi asossiz ötkazilgan pullar va «sotib olingan» «Malibu» masalasini örganayotganini maʼlum qilgandi. Ular ham jim bölib ketişdimi? Masala nima böldi? Natijalari qaçon eʼlon qilinadi?

Gap salkam 2 mlrd söm, arzongarov «Malibu» va Toşkent markazidagi bino taqdiri haqida ketayotgan bir paytda, balki Boş prokuratura ham masalani örganişi kerakmasmikin? Yoki bu «xizmat doirasidan taşqarida»gi masalami?

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1334
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek