Muhiddin Madaminov — Uzchess Cup çempioni!
♟️ Muhiddin Madaminov — Uzchess Cup çempioni!
Toşkentda mukofot jamğarmasi 121 ming 500 dollar bölgan III xalqaro Uzchess Cup turniri yakuniga yetdi.
Musobaqaning Masters guruhida sönggi turga kelib ikki nafar 🇺🇿hamyurtimiz: Muhiddin Madaminov hamda Şamsiddin Vohidov bir xil – 5,5 oçkodan jamğardi. Ğolib nomi tay-breykda aniqlandi. Unda Muhiddin Madaminov 1,5:0,5 hisobida ğalaba qozondi.
Uşbu guruhda iştirok etgan boşqa şaxmatçilarimiz: Nodirbek Abdusattorov 4,5 oçko, Nodirbek Yoqubboyev esa 4 oçko yiğdi.
Şuningdek, Futures guruhida yana bir 🇺🇿hamyurtimiz Humoyun Begmuratov çempion bölgan bölsa, Challengers guruhi ğolibligi 🇦🇿ozarbayjonlik Muhammad Muradliga nasib etdi.
👉 @xushnudbek 👈
- 6 Telegram Stars


