Mandat qaçon çiqadi?
❓Mandat qaçon çiqadi?
#abituriyent
✅ JAVOB: hozir hammani qiziqtirayotgan savol şu bölib turibdi.
Mendagi maʼlumotga köra, yakuniy natijalar töliqligiça şakllantirilib bölingan. UzBMB tomonidan tasdiqlaş uçun Davlat qabul komissiyasiga (Vazirlar Mahkamasiga) kiritilgan. Qaçon tasdiqlanişi hozirça nomaʼlum.
Har yilgi anʼanaga köra, mandatning qonunçilikda belgilangan kuni yaqinlaşgani sari sukunat, noaniqlik va şubhalar ortib ketadi.
Aslida amaldagi qonun hujjatlariga köra, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani töğrisidagi yakuniy tanlov natijalari, yaʼni mandat taʼlim yönalişlarini tanlaş töliq yakunlangandan söng bir hafta muddatda eʼlon qilinadi.
Taʼlim yönalişlarini tanlaş 10-avgust kuni töliq yakunlanadi. Undan söng heç qanday qöşimça muddat berilmadi.
Demak, mandat 17-avgustgaça eʼlon qilinişi kerak.
Bugun — 16-avgust. Bundan kelib çiqadiki, agar mandat yoki bugun, yoki ertaga eʼlon qilinmasa, unda qonun hujjatlari buzilgan böladi.
👉 @xushnudbek 👈


