Millionga yaqin abituriyentning şaxsiy maʼlumotlari tarqalgan bölişi mumkin
‼️Millionga yaqin abituriyentning şaxsiy maʼlumotlari tarqalgan bölişi mumkin. Kiberxavfsizlik markazi bu bilan jiddiy şuğullanişi kerak
Telefon raqamimga bir neçta xususiy universitetlardan "öqişga kirdingiz" degan SMS xabarlar kelmoqda. Xabarda hattoki ismimni ham yozişgan. Bunday xabarlarni siz ham olgan bölsangiz kerak.
Barça xabarlar my.uzbmb.uz saytidan abituriyent sifatida röyxatdan ötgan raqamimga kelyapti.
Demak, mening telefon raqamim va boşqa şaxsiy maʼlumotlarim uçinçi şaxslar qöliga borib tuşgan. Bölib ham bitta universitetda emas, bir neçtasida bunday maʼlumot bor. Vaziyat jiddiy va qörqinçli.
Eʼtiborli jihati, bunday xabarlar faqat joriy yildan kelişni boşlagani yöq. Avvalgi yillarda ham kelgan, lekin heç kim bunga qiziqmagan va çora körmagan.
Menda 2 ta taxmin bor:
1) Yoki uddaburon xakerlar UzBMB saytini buzib kirişgan va abituriyentlarning şaxsiy maʼlumotlarini özlaştirişgan hamda uni köçada pullamoqda;
2) Yoki sayt buzilmagan, ammo UzBMBdagi qaysidir xodimlarning özi abituriyentlarning şaxsiy maʼlumotlarini köçada pullamoqda.
Şaxsan men 1-variantga unça işonmayman, 2-variant haqiqatga yaqinroq.
Ikkalasidan qaysi biri bölişidan qatʼi nazar, kiberxavfsizlikka masʼul organlar albatta buni örganişi şart. Axir davlat taşkilotining bazasidan şaxsiy maʼlumotlar sizib çiqişi hazil narsa emas.
Mening özim tegişli organlarga nomimdan rasman ariza ham yuborib qöyaman, albatta. Buning tagiga yetişimiz kerak.
👉 @xushnudbek 👈


