Sport

Milliy terma jamoamizning asosiy tarkib himoyaçisi Jahon çempionatini ötkazib yuboradi

Foto22-yanvar, 2026, 22:421 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Milliy terma jamoamizning asosiy tarkib himoyaçisi Jahon çempionatini ötkazib yuboradi

Özbekiston milliy terma jamoasi hamda Turkiyaning “Rizespor” klubi markaziy himoyaçisi Husniddin Aliqulov 19-yanvar kuni Turkiya çempionati doirasida “Goʼztepe”ga qarşi öyinda jarohat olib, maydonni tark etgan edi.

Maʼlum bölişiça, uning jarohati jiddiy bölib çiqqan. Futbolçining tizzasidagi old xoçsimon boylam va menisklar yirtilişi hamda unga yondoş töqimalarning şikastlanişi malakali jarrohlik amaliyotini talab qiladi. Jarrohlikdan keyingi tiklaniş jarayoni esa örtaça 6-8 oyni taşkil etadi.

Şu bois, u yozda bölib ötadigan mundialni ötkazib yuborişi aniq böldi. Afsus, bu – jamoamiz uçun eng muhim turnir oldidan katta yöqotiş…

Nima bölganda ham, Husniddin tezroq soğayib, yanada kuçli bölib qaytişini tilab qolamiz.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek