Tanlov
Onlayn röyxatdan ötgan fuqarolar qimmatbaho sovğalar yutib olişi mumkin
Matn22-yanvar, 2026, 16:522 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
🎁 Onlayn röyxatdan ötgan fuqarolar qimmatbaho sovğalar yutib olişi mumkin
💻 Bunda 31-yanvar kunigaça onlayn röyxatdan ötgan aholi orasidan tasodifiy tarzda ğoliblar aniqlanadi hamda Milliy statistika qömitasi tomonidan noutbuklar va planşetlar bilan taqdirlanadi.
⬇️ Şuningdek, hududlar kesimida quyidagi qöşimça rağbatlantirişlar eʼlon qilingan:
🟢 Toşkent şahrida:
➖ Röyxatga oliş tadbirida faol iştirok etgan OTM talabalarining 20 nafari uçun yillik kontrakt tölovining 50 foizi qoplab beriladi;
➖ Eng köp oila aʼzolari röyxatdan ötkazilgan xöjaliklar uçun — Toşkent Akva boğiga yoz mavsumida 4 kişilik bepul kiriş vauçeri beriladi (50 ta);
➖ Röyxatdan ötgan eng keksa yoşdagi ayol va erkaklar uçun — AKFA Medline klinikasida bepul töliq tibbiy körik (20 ta).
➖ Eng yoş fuqarolarning ota-onalari uçun — Uzum Market elektron savdo platformasida xaridlar uçun çegirma promokodlari taqdim etiladi (100 ta).
➖ Tadbir va tarğibot işlarida faol iştirok etgan talabalar va köngillilar uçun — Korzinka supermarketlar tarmoğida xaridlar uçun 2 mln sömlik vauçer beriladi (20 ta).
➖ Faol yoşlar va köngillilar uçun — Cambridge öquv markazida sunʼiy intellekt, çet tillari yoki istalgan yönaliş böyiça 3 oylik bepul öqiş imkoniyati (20 ta).
🟢 Farğona viloyatida:
➖ Onlayn röyxatdan ötgan fuqarolar uçun 36 ta televizor topşiriladi;
🟢 Qaşqadaryo viloyatida:
Onlayn röyxatdan ötişda eng faol bölgan mahallada quyidagi infratuzilma işlari amalga oşiriladi:
▪️ 1 km içki yöli taʼmirlab yoki qurib beriladi;
▪️ elektr taʼminotini yaxşilaş maqsadida transformator örnatib beriladi;
▪️ piyodalar uçun qulay yölakçalar barpo etiladi;
▪️ yoşlar va bolalar uçun mini stadion taşkil etiladi.
🟢 Toşkent viloyati Piskent tumanida:
Birinçi bölib onlayn röyxatdan ötgan mahallada:
▪️ universal sport maydonçasi;
▪️ stritbol va vorkaut maydonçasi barpo etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars


