Toşkentning 22 ta mahallasida sovuq suv bir sutkaga töxtatiladi

Matn3-avgust, 2026, 09:251 daqiqa0 koʻrish

🚰 Toşkentning 22 ta mahallasida sovuq suv bir sutkaga töxtatiladi

Mirzo Uluğbek tumanidagi suv taqsimlaş inşootida 3-avgust kuni soat 10:00 dan boşlab 24 soat davomida profilaktika işlari olib boriladi.

Bu jarayon şaharning 22 ta mahallasida içimlik suvi taʼminotida vaqtinçalik uzilişlarni keltirib çiqaradi.

Xususan, 884 ta köp qavatli uy, 7 mingdan ortiq yakka tartibdagi xonadon hamda 240 dan ziyod ijtimoiy muassasa suv taʼminotidan vaqtinça uziladi.

Suv uzilişlari davrida aholiga içimlik suvi maxsus transport vositalari orqali yetkazib beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek