Muhim

Ijodiy imtihonlar va ayrim yönalişlar uçun ruxsatnomalar eʼlon qilindi

Matn3-iyul, 2026, 19:531 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Ijodiy imtihonlar va ayrim yönalişlar uçun ruxsatnomalar eʼlon qilindi
#abituriyent

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar va Toşkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqşunoslik” hamda “Raqamli huquq” taʼlim yönalişlariga IQ böyiça imtihon topşiruvçi abituriyentlar uçun ruxsatnomalar eʼlon qilindi.

➖ Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika böyiça 62 ta oliy taʼlim muassasasida ötkaziladi.

➖ Kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihonlarining aniq sanasi, vaqti va manzili körsatilgan ruxsatnomalar abituriyentlarning şaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) eʼlon qilindi.

ℹ️ Diqqat! Abituriyentlardan şaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihoni ruxsatnomalarini yuklab oliş va imtihon ötkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib boriş söraladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek