Prezident raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlaş tizimi yuzasidan videoselektor yiğilişi ötmoqda

Foto20-iyun, 2024, 17:391 daqiqa0 koʻrish

Ayni daqiqalarda Prezident raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlaş tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda. Yiğilişda 36 ta oliygoh rektorlari ham qatnaşmoqda.

Yiğiliş jiddiy tanqidiy ruhda ötmoqda. Eng avvalo oliygohlar amaliyotdan uzilib qolgani, yangi texnologiyalar bilan tanişmayotgani, uskuna va dastgohlarni örganmayotgani, hokim va vazirlar esa örtada köprik bölib, buni taşkillaştirmayotgani haqida qatʼiy eʼtiroz bildirildi.

Şuningdek, muhandislik yönalişidagi oliygohlarning ilmiy tadqiqotlari, startap va innovatsion loyihalari amalga oşmay qolib ketayotgani qayd etildi.

Ayrim institutlardagi öqituvçilarning yuklamasi xorijga nisbatan 2 karra köp. Masalan, Arxitektura universiteti va Andijon maşinasozlik institutidagi öqituvçilar yuklamasi 950 soat. Taqqoslaş uçun Turin politexnika universiteti professor-öqituvçilarining öquv yuklamasi 400-450 soat.

"950 soatlik yuklama bilan öqituvçi öz ustida işlaşga qaçon vaqt topadi?", — dedi Şavkat Mirziyoyev.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek