Muqobil energiyadan 25 foiz ehtiyojini qoplagan isteʼmolçilarga soliq imtiyozi berilişi kutilmoqda

Matn26-sentabr, 2022, 20:571 daqiqa0 koʻrish

Muqobil energiyadan 25 foiz ehtiyojini qoplagan isteʼmolçilarga mol-mulk va yer soliğidan imtiyoz berilişi kutilmoqda

Şavkat Mirziyoyev raisligida ötgan elektrotexnika sanoatiga bağişlangan yiğilişda:

— Toşkent viloyatida elektr jihozlari işlab çiqariş böyiça 58 million dollarlik 14 ta loyihani;

— Farğona viloyatida maişiy texnika va kabel simlari işlab çiqariş böyiça 56 million dollarlik 9 ta loyihani;

— Andijon viloyatida 34 million dollarlik maişiy texnika işlab çiqariş böyiça 8 ta loyihani işga tuşiriş böyiça topşiriq berildi.

Hozirda öz ehtiyojini 100 foiz muqobil energiyadan qoplagan va tarmoqdan töliq uzilgan isteʼmolçilarga soliq imtiyozlari qöllanadi.

Moliya va energetika vazirliklariga muqobil energiyadan 25 foiz ehtiyojini qoplagan isteʼmolçilarga ham mol-mulk va yer soliğidan imtiyoz beriş böyiça taklif kiritiş topşirildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek