Aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş masalasi doimo diqqatimiz markazida böladi — Şavkat Mirziyoyev
5️⃣ Içimlik suvi
Navbatdagi muhim masala nafaqat Özbekiston, balki butun dunyo uçun global muammo. Hattoki ayrim ekspertlar kelajakda davlatlar örtasidagi janglar aynan içimlik suvi sababli bölişini taxmin qilmoqda.
Özbekistonda ham bu borada jiddiy muammolar borligi barçamizga maʼlum. Şu sababli Şavkat Mirziyoyev birlamçi navbatda hal qilinadigan asosiy vazifalardan biri toza içimlik suvi ekanligini maʼlum qildi.
“Beşinçidan, aholini TOZA IÇIMLIK SUVI bilan taʼminlaş masalasi doimo diqqatimiz markazida böladi.
Sohaga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmi keskin köpaytiriladi.
Şu bilan birga, muammoli hududlarga toza içimlik suvini yetkaziş va sifatini yaxşilaş böyiça alohida dasturlarni amalga oşiramiz”, - dedi Prezident.
👉 @xushnudbek 👈
