Mustaqil izlanuvçilikka hujjat qabul qiliş boşlandi
Mustaqil izlanuvçilikka hujjat qabul qiliş boşlandi
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2024-yil 2-çorak uçun oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning şakllaridan biri mustaqil izlanuvçilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topşiriş boşlandi.
⏳Hujjatlar joriy yilning 15-fevraliga qadar qabul qilinadi.
ℹ️ Mustaqil izlanuvçilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvçilar uçun işlab çiqarişdan ajralmagan holda taşkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi böyiça oliy taʼlimdan keyingi taʼlim şakli.
Maʼlumot uçun: hujjatlar ilmiy yoki taʼlim taşkilot tomonidan körib çiqilib, qaror qabul qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈


