Mustaqil komissiya aʼzolari tergov hibsxonasida Dauletmurat Tajimuratov bilan uçraşdi
Qoraqalpoğistonda bölib ötgan voqealarni örganayotgan Mustaqil komissiya aʼzolari Xorazm viloyatining Urganç şahridagi 11-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan Dauletmurat Tajimuratov bilan ham uçraşgan.
Uçraşuv davomida D.Tajimuratov advokat bilan taʼminlanganini va advokatining u bilan uçraşişida heç qanday qarşiliklar yöqligini, oila aʼzolari bilan ham qisqa muddatli uçraşuv ötkazilganligini hamda posilka va yöqlovlar olayotganini maʼlum qilgan.
D.Tajimuratovning sözlariga köra, unga nisbatan tergov harakatlari davomida va tergov hibsxonasida heç qanday qiynoq, bosim yoki tazyiqlar bölmagan. Ovqatlarning sifati va hibsxonadagi boşqa şaroitlarga heç qanday eʼtirozi yöqligini bildirgan.
👉 @xushnudbek 👈

