Oliy sud Qoraqalpoğistondagi ommaviy tartibsizliklar böyiça apellyatsiya şikoyatlarini körib çiqdi
Bugun Oliy sud Qoraqalpoğistondagi ommaviy tartibsizliklarga oid jinoyat işi böyiça 2023-yil 31-yanvardagi hukm ustidan apellyatsiya şikoyat (protest)larini körib çiqdi.
8 nafar ayblanuvçiga nisbatan ozodlikdan mahrum qiliş jazolari ozodlikni çeklaşga özgartirildi va ular sud zalida ozod qilindi.
Hukmning Dauletmurat Tajimuratovga oid qismi özgarişsiz qoldirildi.
Marhum P.Şamşetovga jazo tayinlaşga oid qismi bekor qilindi. Unga tegişli bölgan Nukus şahridagi J.Seitova köçasida joylaşgan 32-uy xatlovdan çiqarilib, yangi tahrirdagi Özbekiston Konstitutsiyasining 47 va 65-moddalari qöllanilgan holda marhumning merosxörlariga qaytarilişi belgilandi.
Şuningdek, yana 7 nafar sudlanuvçining jinoyat işi böyiça keltirilgan zararlarni qoplaş maqsadida xatlangan mol-mulklari xatlovdan çiqarilib, egalariga qaytarilişi belgilandi.
👉 @xushnudbek 👈


