Musulmonlar idorasi fatvo markazi 2024-yil uçun zakot, fitr va fidya miqdorini eʼlon qildi
🇺🇿Musulmonlar idorasi fatvo markazi 2024-yil uçun zakot, fitr va fidya miqdorini eʼlon qildi. Unga köra:
● Ramazon oyi uçun tillo qiymatidan zakot nisobi 40 mln söm etib belgilandi. Demak, kimda zaruriy ehtiyojidan taşqari 40 mln söm va undan ortiq pul mablaği yoki uşbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bölsa, jami mablağining qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi;
● Fitr sadaqasining miqdori quyidagiça belgilandi:
buğdoydan – 14 ming söm;
arpadan – 20 ming söm;
mayizdan – 110 ming söm;
xurmodan – 180 ming söm.
Har kim öz imkoniyatiga qarab uşbu tört mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini berişi mumkin böladi.
● Fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil böladi. Har kim öz imkoniyatiga qarab, uşbu tört mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈


