Özbekistondagi maktablarning bor-yöği 30 foizi kanalizatsiya tizimiga ulangan

Matn7-mart, 2024, 14:551 daqiqa0 koʻrish

Özbekistondagi maktablarning bor-yöği 30 foizi kanalizatsiya tizimiga ulangan

Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ötkazgan tadqiqotda aytiladi. Şuningdek, tadqiqotda yana quyidagi maʼlumotlar keltirilgan:

➖ Bitta öquvçi örniga 1,2 nafar öquvçi töğri kelmoqda;

➖ Maktablarning 16 foizga yaqini kapital taʼmirlaşga muhtoj, 4,6 foizi esa umuman yaroqsiz holatda;

➖ Umumtaʼlim maktablarida har bir öquvçiga 0,03 ta, qişloq joylarda esa 0,04 ta kompyuter töğri keladi. Uşbu körsatkiç dunyo mamlakatlari bilan soliştirganda ança past. Masalan, Qozoğistonda har bir öquvçiga 0,72 ta, Ozarbayjonda 0,55 ta, Belarusda 0,55 ta, Turkiyada 0,25 ta, umumiy Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti mamlakatlarida esa 0,85 ta kompyuter töğri keladi;

➖ Şuningdek, umumtaʼlim maktablarining 64,2 foizida oşxona yoki bufet, 95 foizida kutubxona, 79 foizida sport zali bor. Maktablarning 70,5 foizida vodoprovod mavjud. Umumtaʼlim maktablarining 99 foizi isitiş tizimiga ega.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek