«Narxoz» sobiq prorektori nega qidiruvga berildi?
“Narxoz” sobiq prorektori nega qidiruvga berildi?
Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori Nodir Idiyev firibgarlikda gumon qilinib, qidiruvga berilgan.
Eʼlondan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi bilan ayblov eʼlon qilinganini biliş mumkin.
Buxoro viloyati IIBning xabar berişiça, Idiyevning qidiruvga berilişi uning prorektorligiga aloqador emas. U bunga qadar «Asaka bank» AJ Buxoro viloyati filialida faoliyat yuritgan va aynan şu yerdagi işlari sabab qidiruvga berilgan.
U bank boşqaruvçisi bölib işlagan vaqtda «Osiyo taraqqiyot banki» mablağlari hisobidan moliyalaştirilgan 2 million AQŞ dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablağlarini soxta hujjatlar asosida firibgarlik yöli bilan qölga kiritmoqçi bölganlikda ayblanmoqda.
👉 @xushnudbek 👈



