Telegram orqali onlayn kredit taklif qilayotgan firibgarlardan ogoh böling
❗️DIQQAT, FIRIBGARLAR! TELEGRAM ORQALI ONLAYN KREDIT OLMANG! HEÇ QAÇON!!!
#firibgar
📝 XuşnudbekUz Telegram-kanalida çiqayotgan reklamalar haqida tuşuntiriş
Ayrim foydalanuvçilar tomonidan Telegram-kanalimda yuqoridagi skrinşotda aks etganidek reklamalar çiqib qolayotgani haqida murojaatlar kelib tuşmoqda. Baʼzilar “Xuşnudbek kanalida çiqdiku, demak, işonçli” degan xulosa bilan uşbu firibgarlarga aldanib ham qolganini aytişdi.
❗️BU MUHIM! Bunday reklamalarning menga yoki Telegram kanalimga mutlaqo aloqasi yöq. Bunday reklamalar Telegram platformasining özi tomonidan, kanal egasi bilan kelişmagan holda, avtomatik ravişda çiqariladi.
Pavel Durov janobi oliylarining taşabbusi bilan kanal adminlaridan ruxsat sörab ötirmasdan Telegram kanallarda reklama beriş tizimi yölga qöyilganiga ança böldi. Ammo uşbu reklama beriş tizimidan foydalangan firibgarlar turli kanallarda özlarining yolğon mahsulotlari yoki xizmatlarini reklama qilişmoqda. Bunga Telegram kompaniyasi yöl qöyib beryapti va bir neçta şikoyat yuborganimizga qaramasdan, foydasi bölmayapti. Bunday reklamalarni kanalda çiqarmaydigan qiliş ham deyarli imkonsiz. 50-darajali boost oliş kerak.
❗️FIRIBGARLARGA ALDANIB QOLMANG
Yuqoridagi reklama orqali MuxlisaKredit degan botni reklama qilişmoqda. Bu qip-qizil firibgarlar yaratgan bot bölib, sizga heç qanday kredit bermaydi.
Buni sinaş uçun öşa bot bilan yozişdim. Ismimni Falonçiyev Pistonçi dedim, internetdan olingan soxta ID karta rasmini yubordim, JŞŞIR degan joyga tavakkal raqam yozdim, qança kredit kerak degan joyga 500 trln söm, muddatiga 125 yil deb söradim.
Va mana şunaqa soxta maʼlumotlar bersam ham, hammasi töğri keldi, deb menga Davr bank nomidan soxta şartnoma yubordi. Va oxirida endi şu kreditni oliş uçun 450 ming söm ötkazib ber deyişdi.
‼️ESLAB QOLING! JISMONIY ŞAXSLAR NOMIGA OÇILGAN PLASTIKKA PUL ÖTKAZIB BER DEB SÖRAŞYAPTIMI, DEMAK, BILINGKI, ULAR KATTA EHTIMOL BILAN — FIRIBGARLAR!
Aldanganlarning aytişiça, 450 ming söm ötkazsangiz, firibgarlar yana pul sörar ekan. Xullas, bir kişi ularga işonib, qayta-qayta pul ötkazavergan, jami 2 mln sömdan oşiq pulga “uxlagan”, lekin tabiiyki, heç qanaqa kredit olmagan (tovba, qanaqa qilib bir neça pul ötkaziş mumkin, hayronman).
Firibgarlar Yuliya Kolesnik nomiga oçilgan Kapitalbank kartasi hamda Natalya Mulik nomiga oçilgan TBC kartasiga pul olişyapti.
Davr bank, Kapitalbank, TBC Bank va Kiberxavfsizlik tuzilmalari bu holatni örganişi kerak. Oçiq-oydin firibgarlik bölayotgan joyda tomoşabin bölmaslik kerak. Zudlik bilan plastiklarni bloklaş lozim, raqamlari ham turibdi.
Bunaqa firibgarlar haqida avval ham ogohlantirgandim, unda Mahigul degan bot orqali odamlarni aldaşayotgandi.
https://t.me/xushnudbek/28458
Sizlardan yana bir bor iltimos: internetda hammaga işonib ketavermang, bunçalik sodda bölmang. Moliyaviy operatsiyalar uçun faqat va faqat banklar yoki tölov taşkilotlarining rasmiy ilovalaridan foydalaning. Telegram orqali heç kimdan kredit olmang. Ayniqsa, qanaqadir Muxlisayu, Mohigul deganlarga işonmang.
- 3 Telegram Stars



