Sport

Navbahor Hamidova Jahon kubogida ğolib bölgan özbekistonlik ilk ayol boksçi böldi

Foto7-iyul, 2025, 13:271 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🥊 Navbahor Hamidova Jahon kubogida ğolib bölgan özbekistonlik ilk ayol boksçi böldi

🇰🇿Qozoğistonning Ostona şahrida bölib ötgan boks böyiça Jahon kubogining navbatdagi bosqiçida 65 kilogrammgaça vazn toifasida iştirok etgan vakilamiz Navbahor Hamidova barça raqiblarini mağlub etib, oltin medalni qölga kiritdi.

Hamyurtimiz finalda Olimpiada va uç karra Jahon çempioni 🇹🇷turkiyalik Busenaz Surmenelini 5:0 hisobida mağlubiyatga uçratdi.

Şu tariqa, Navbahor Hamidova mazkur toifadagi musobaqada oltin medalni qölga kiritgan birinçi özbekistonlik boksçi qizga aylandi.

Terma jamoamiz musobaqani 1 ta oltin va 4 ta bronza medali bilan yakunladi:

🥇 Oltin

-65 kg: Navbahor Hamidova

🥉 Bronza:

-54 kg: Feruza Kazakova
-75 kg: Aziza Zokirova
-80 kg: Sohiba Rözmetova
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva

Maʼlumot uçun, Navbahor Hamidova ötgan yili 🇫🇷Parij Olimpiadasida ham iştirok etib, çorak finalga qadar yetib borgan edi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Magistratura uçun qabul haligaça oçilmadi

    0 koʻrish1 daqiqa

  2. Abituriyentlarga ruxsatnomalarni beriş boşlandi

    0 koʻrish1 daqiqa

Yana oʻqing