Muhim

Özbekistonda 6 oy içida bolalarga nisbatan 60 ta zöravonlik holati qayd etilgan

Matn7-iyul, 2025, 12:331 daqiqa0 koʻrish

❗️Özbekistonda 6 oy içida bolalarga nisbatan 60 ta zöravonlik holati qayd etilgan

Maʼlum qilinişiça, 2025-yilning birinçi yarmida Bola huquqlari böyiça vakil (Bolalar ombudsmani) nomiga kelgan 885 ta murojaat körib çiqilgan (ötgan yilning mos davriga nisbatan 47 foizga köp).

Şundan:

🔹 20 ta murojaat (2,3%) voyaga yetmagan şaxslar tomonidan yöllangan;

🔹 Bolalar ombudsmani uşbu davrda 21 ta şaxsiy qabul ötkazib, qabullar davomida 87 nafar fuqaro murojaatini körib çiqqan;

🔹 Bolalar ombudsmani Kotibiyati xodimlari 20 marotaba (fuqarolik, jinoyat va maʼmuriy sudlarda) sud majlislarida bola manfaatlari yuzasidan kuzatuvçi sifatida iştirok etgan;

🔹 Internet tarmoği monitoringida bola huquqlarining buzilişiga oid 185 ta holat aniqlangan va tegişli davlat organlari bilan hamkorlikda tekşirilib, bolalarga nisbatan sodir etilgan 60 ta zöravonlik holati yuzasidan 16 ta jinoyat işi hamda 22 ta maʼmuriy iş qözğatilgan;

🔹 Ota-onasi va boşqa yaqinlari bergan murojaatlar böyiça
5 nafar bola xorijdan Özbekistonga olib kelinişiga, 1 nafar bola öz yurtiga, Rossiyaga qaytarilişiga erişilgan;

🔹 Rossiyaning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bolaga bölib turgan şaharlarida zarur şart-şaroitlar taʼminlanib, söng Özbekistonga qaytarilgan;

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek