Tushuntirish

Nega Prezident maktablari imtihonida javoblar qalamda yoziladi, ruçkada emas?

Foto8-iyul, 2024, 17:382 daqiqa0 koʻrish

❓Nega Prezident maktablari imtihonida javoblar qalamda yoziladi, ruçkada emas?

✅ JAVOB: Keça, 7-iyul kuni yurtimizdagi Prezident maktablarida imtihonlar bölib ötdi. Bir neça yildan buyon böladigan uşbu imtihon jarayonlarida har yili ota-onalar nima uçun öquvçilar javoblarni qalamda böyayotganiga qiziqişadi va buni hattoki korrupsiya alomati deb öylaşadi.

Garçi har yili bunga tuşuntiriş berilsada, öylaymanki, yana bir bor izoh beriş zarar qilmaydi.

Gap şundaki, Prezident maktablariga kiriş imtihonlarini Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment taşkiloti ötkazadi. Özlari savol tuzadi, javoblarni ham özlari yiğib oladi, özlari tekşirib, natijalarini saytida çiqaradi.

Javoblarni qalamda belgilaş talabi aynan Cambridge Assessment taşkiloti tomonidan qöyilgan. Biznikilar oladigan imtihonlarning barçasida ruçka işlatiladi.

❓Nega qalam talabi qöyilgan?

Çunki bu psixologlarning talabi va tavsiyasi. Ruçka işlatiş yoş bolalarning ruhiyatiga salbiy taʼsir qilişi mumkin, sababi xato qilib qöysa, ruçkani öçirib bölmaydi, bu esa bolalarda stressni keltirib çiqaradi, xato qilişdan qörqib qoladi. Şu sababli nafaqat Britaniya, balki dunyoning köplab davlatlaridagi maktablarda qalamdan foydalaniş qabul qilingan. Ayniqsa boşlanğiç sinflarda. Çunki qalam bolalarga erkinlik va xotirjamlik beradi. Agar xorij filmlariga eʼtibor bersangiz, talabalar va hattoki katta yoşli insonlar ham köpinça qalamda yozayotganiga guvoh bölişingiz mumkin.

Umuman olganda bizda ham, heç bölmasa, boşlanğiç sinflarda qalamdan foydalanişga ötiş kerak. Şunaqa madaniyatni şakllantirişimiz lozim. Ruçkani butunlay taqiqlaş kerak.

Xullas, uşbu jumboqning javobi şunaqa. Qalam işlatişda qanaqadir korrupsiya yoki qinğirlik maqsadi yöq.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek