Prezident maktablari imidji uçun hal qiluvçi nuqta: beparvolik tiklab bölmas işonçsizlikka olib keladi
Prezident maktablari imidji uçun hal qiluvçi nuqta: beparvolik tiklab bölmas işonçsizlikka olib keladi
Har qanday tanlovda mağlublar bormi, demak norozilar ham bor. Bu aksiomadek gap, ayniqsa Özbekiston şaroitida. Lekin bildirilayotgan eʼtirozlarning mazmuni köp narsani hal qiladi. Ayrimlari mayda-çuyda şubha-gumonlar bölsa, ayrimlari faktlar va asoslar bilan böladi.
Prezident maktablari bilan boğliq vaziyat ham hozir ayni şunday nuqtada.
❓ Özi nima gap?
1️⃣ Test savollari qaytarildi va ular murakkab
15-iyul kuni Prezident maktablariga kiriş imtihonlarining birinçi bosqiçi 3 ta smenada ötkazildi. Imtihon ötgaç, ijtimoiy tarmoqlarda ota-onalar eʼtiroz bildirişni boşladi. Eʼtirozning asosiy mazmuni: bitta smenada tuşgan savollar, keyingi smenada yana qayta tuşgan, şuningdek, ayrim savollar 4-sinfni tugatgan bola uçun öta murakkab va hali ötilmagan mavzulardan bölgan.
Bu DTM testlarida ham doim savol ostiga olinadigan holat. DTM (hozirgi BBA) ham doim "biz savollarni takrorlamaymiz, savollarimiz dastur asosida" deb takrorlab keladi. Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi ham bayonot berib, biz savollarni takrorlamaganmiz, murakkablik darajasi dasturga töliq tuşadi, dedi.
2️⃣ Cambridge Assessment test olyaptimi?
Keyin yana boşqa jiddiy masala kötarildi. Prezident maktablariga testni Cambridge Assessment Admissions Testing olmayotgan ekan, sababi uşbu taşkilot vakili elektron poçta orqali javobda "bizning taşkilot bu yil Özbekistonda test olmayapti" deb javob bergan.
Bunga ham raddiya berildi va Cambridge University Press&Assessment vakili “biz Özbekistondagi Prezident maktablari testlarida iştirok etyapmiz” dedi.
Körinib turibdiki, Cambridge Assessment taşkilotining özidan ham turli xil javoblar berilgan. Bir qarasa Özbekistonda test olmayapmiz, degan, yana bir qarasa “olyapmiz” degan. Bu şubhalarni yana-da köpaytirib yubordi.
❓Nima qiliş kerak?
Birinçidan, vaziyatga yuzaki qarab, oddiy bayonotlar bilan ötib ketamiz, deb öylamaslik kerak. Vazirlar Mahkamasidagilar ham, agentlikdagilar ham şunaqa öylayotgan bölsa, qattiq adaşadi. Işonçsizlikka olib keluvçi kiçik uçqun, ertaga katta gulxan böladi. Oxir-oqibat Prezident nomi bilan boğlangan tizim imidji uçun tiklab bölmas putur yetişi mumkin.
Ikkinçidan, har qanday eʼtirozga qarşi, agar ular örinsiz bölsa, jamoatçilik va OAV iştiroki bilan keskin javob qaytariş kerak. Yaʼni "oşing halol bölsa, köçada iç".
Hozirgi holatda, hali vaziyat unçalik gazak olmagan, çunki test natijalari çiqqani yöq. Natijalar çiqqaç, bitta norozi yoniga mingtasi qöşiladi.
Şu sababli eʼtirozlarga javob qaytarişning 3 ta oson yöli bor:
1) Cambridge Assessment bilan tuzilgan şartnomani (yoki boşqa rasmiy hujjat) eʼlon qiliş;
2) smenalarda işlatilgan test savollarini oçiqlaş. Buni oçiq dostupga eʼlon qilib bölmasa, unda heç bölmasa jamoatçilik faollari va mutaxassislardan iborat işçi guruh tuzib, ularga körsatiş;
3) öquvçilarning smenalar kesimida körsatgan natijalarini eʼlon qiliş. Masalan, 1-smenada juda past körsatkiç, lekin 2-smenada öta yuqori körsatkiç qayd etilgan bölsa, unda bu yerda nimadir notöğri ketgan böladi.
Böldi, hozirgi vaziyatda eʼtirozlar uçqunini öçiriş uçun eng osoni şu, menimça.
Şavkat Mirziyoyev doim faxr bilan tilga oladigan va “Xudo xohlasa Özbekistondagi har bir maktabni şunaqa qilişimiz kerak”, deydigan Prezident maktablari imidji uçun hal qiluvçi nuqtada qöl qovuştirmasdan, tezkor amaliy çoralar körilişi şart.
👉 @xushnudbek 👈



