Sport

Nodirbek Abdusattorov nufuzli Çampions Chess Tour-2023 musobaqasining yarim finaliga çiqdi

Albom13-dekabr, 2023, 08:055 daqiqa0 koʻrish

🇺🇿Nodirbek Abdusattorov nufuzli Çampions Chess Tour-2023 musobaqasining yarim finaliga çiqdi

Kanadaning Toronto şahrida ötayotgan CCT-2023 turnirining final roundida yil davomida 6 ta yirik şaxmat musobaqasida eng yaxşi natija qayd etgan 8 nafar grossmeyster qatnaşdi.

Nodirbek Abdusattorov dastlabki saralaş bahslarida 4-örinni qölgan kiritdi. Çorak finalda esa 🇺🇸Fabiano Karuanaga qöşimça bahsda yutqazib qöydi. Ammo unda yana bir imkon bor edi.

Nodirbek ötiş öyinida 🇺🇸Hikaru Nakamura bilan kuç sinaşdi. Dastlabki 2 ta öyinda durang bölgaç, Armageddon tay-brek bahsiga navbat keldi. Qora donalarda raqibidan 5,5 daqiqa kamroq vaqt bilan öynagan Nodirbek ğalaba qozonişi uçun durang ham kifoya edi. Hamyurtimiz buning uddasidan çiqdi hamda yarim finalga yöl oldi.

Yarim finalda hamyurtimiz yoki 🇺🇸Uesli So, yoki 🇳🇴Magnus Karlsen bilan öynaydi. Saralaş roundi ğolibi sifatida Uesli So öziga raqib tanlaş huquqiga ega. U yoki Nodirbekni, yoki Karuanani tanlaşi mumkin.

Yarim final bahslari bugun va ertaga bölib ötadi.

💵 Musobaqa ğolibi 200 ming AQŞ dollari, 2-örin esa 100 ming AQŞ dollari oladi. Yarim finalda mağlub bölgan ikki nafar şaxmatçiga esa 50 ming AQŞ dollari beriladi. Yaʼni Nodirbek allaqaçon 50 ming dollarni naqd qilib qöydi. Endi buyoğiga finalga çiqiş va çempion böliş sari harakat qiladi.

Biz Nodirbekka işonamiz va unga omad tilaymiz! Olğa, özbek öğloni!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek