Muhim

Soliq organlari alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi qoidalarini buziş holatlarini aniqladi

Matn12-dekabr, 2023, 19:321 daqiqa0 koʻrish

Soliq organlari tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida ötkazilgan tekşirişlar davomida alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi qoidalarini köp miqdorda buziş holatlari aniqlandi.

Xususan, faqat joriy yilning oktyabr-dekabr oylari davomida raqamli markirovkalanmagan 1,9 mlrd sömlik 168,7 ming dona alkogol va 0,9 mlrd sömlik 81,4 ming dona tamaki mahsulotlari olib qöyildi.

Soliq organlari tomonidan kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini oliş maqsadida murojaatlar asosida alkogol va tamaki mahsulotlarini sotiş bilan şuğullanuvçi 572 ta subyektda tekşiruvlar ötkazildi.

Natijada qonun buzilişlarga yöl qöygan 491 ta xöjalik subyektlariga nisbatan Soliq kodeksining 227-1-moddasiga muvofiq 49,9 mlrd sömlik moliyaviy jarimalar qöllanildi. 4 ta holatda huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan jinoyat işlari qözğatilgan.

Natijada alkogolli mahsulotlarni sotişdan byudjetga undiriladigan soliq tuşumlari noyabr oyida ötgan 10 oydagiga nisbatan 189 foizga oşgan (134 mlrd sömga nisbatan 252 mlrd söm).

Soliq qömitasi sotuvçilarni alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilişning qonuniy tartibini buzmaslikka çaqiradi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek