Rasman

Nomli stipendiyalar OTM kesimida quyidagiça taqsimlanadigan böldi

Matn14-avgust, 2023, 10:301 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzRöyxatga Xudoybergan Devonov, Bobur, Pahlavon Mahmud, Kamoliddin Behzod, Tölepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli stipendiyalar kiritildi.

Nomli stipendiyalar OTM kesimida quyidagiça taqsimlanadigan böldi:

➖ Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Kamoliddin Behzod va Uluğbek nomli davlat stipendiyalari bakalavriat taʼlim yönalişlari böyiça yuqori kurslarning har 1000 nafar talabasiga 1 tadan;

➖ Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi Özbekiston xalqaro islom akademiyasining 3 nafar yuqori kurs talabasiga;

➖ Xudoybergan Devonov nomli davlat stipendiyasi kinematografiya sohasi uçun kadrlar tayyorlovçi har bir oliy taʼlim muassasasining 1 nafar yuqori kurs talabasiga;

➖ Bobur nomli davlat stipendiyasi tarix va geografiya yönalişlari uçun kadrlar tayyorlovçi har bir oliy taʼlim muassasasining 1 nafar yuqori kurs talabasiga;

➖ Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi jismoniy tarbiya va sport yönalişlari uçun kadrlar tayyorlovçi har bir oliy taʼlim muassasasining 1 nafar yuqori kurs talabasiga;

➖ Tölepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari Qoraqalpoğiston Respublikasidagi har bir oliy taʼlim muassasasining 1 nafar yuqori kurs talabasiga;

➖ Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi har bir oliy taʼlim muassasasining 1 nafar yuqori kurs talabasiga tayinlanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek