Talabalar uçun nomli stipendiyalar röyxati yangilandi
Talabalar uçun nomli stipendiyalar röyxati yangilandi
Röyxatga quyidagi 5 ta nomli stipendiyalar kiritildi:
➖ kinematografiya yönalişida — Xudoybergan Devonov nomli (07.04.2021 yildagi PF-6202);
➖ tarix va geografiya yönalişlarida — Bobur nomli (25.01.2023 yildagi PQ-20);
➖ jismoniy tarbiya va sport yönalişlarida — Pahlavon Mahmud nomli (03.11.2022 yildagi PQ-414);
➖ tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yönalişlarida — Kamoliddin Behzod nomli (21.04.2020 yildagi PQ-4688);
➖ Qoraqalpoğiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalarida — Tölepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli (09.09.2021 yildagi PF-6309).
Bunga qadar amalda bölgan röyxatda Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Uluğbek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomli stipendiyalar nazarda tutilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈


