Notarial palata 5 yoşda

Foto22-yanvar, 2025, 17:402 daqiqa0 koʻrish

Notarial palata 5 yoşda

Prezidentning 2019-yil 9-sentyabrdagi farmoni asosida 2020-yil 22-yanvar kuni Notarial palata taşkil etilgan edi.

5 yil davomida Palataga aʼzo bölgan xususiy notariuslar soni 1110 nafarga yetdi.

Sönggi yillarda ijobiy tomonga keskin özgargan sohalardan biri aynan notarial soha bölganini eʼtirof etiş adolatdan bölar edi. Hammaning yodida bölsa kerak, avvallari notarius deganda oyoği yerdan uzilgan, odamlarni bir tiyinga olmaydigan, qöpol hamda muomala madaniyatini bilmaydigan, mijozlarni soatlab, baʼzan kunlab kuttiradigan, xizmatlari uçun oğziga siğgan narxni özi belgilaydigan, bundan norozi bölganingizda esa "yoqmasa, katta köça" deb xizmat körsatişni rad etadigan insonlar köz oldimizga kelar edi. Hozir buning mutlaqo teskarisi. Oldingidek notariuslar yakkam-dukkam qayerlardadir qolib ketgan bölmasa, umumiy holat ança soğlomlaşdi.

Hozir hattoki notarial xizmatlarni onlayn körsatiş ham mumkin bölmoqda, ovora bölib notariusning oldiga boriş ham şart emas. Bir neça yil oldin bu salkam fantastika edi.

Davlat monopoliyasi bekor qilinib, xususiy sektorga ruxsat berilişi va buning ortidan soğlom raqobat paydo bölişi öz sözini aytdi. Bunga işonmaganlar, xususiy desa darrov firibgarlarni tuşunadiganlarning xavotiri asossiz bölib çiqdi. Mabodo bironta qöli egri notariusning könglida qinğirlik xohişi bölsa ham, amalda buni qila olmaydigan elektron tizim yaratilmoqda.

Albatta, hali oldinda qilinadigan işlar juda köp. Tizimni soğlomlaştiriş, firibgarlardan tozalaş, notariuslarni xalqqa yaqinlaştiriş, xizmatlar sifatini oşiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş borasida Notarial palata faoliyatiga omadlar tilayman.

👉@xushnudbek👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek