Fikr

Umuman olganda, Sreçko Katanes terma jamoamizda yaxşi işladi

Matn22-yanvar, 2025, 12:311 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzÖzbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Sreçko Katanes soğliği sababli ÖFA bilan şartnomani bekor qildi. Yangi nomzod tayinlaş işlari boşlangan.

Umuman olganda, Sreçko Katanes terma jamoamizda yaxşi işladi. Unga katta rahmat aytamiz va salomatlik tilaymiz.

Eng yulduzli tarkibdagi terma jamoamiz paytida ham hozirgidek işonçli öynamaganmiz, menimça. Hozir yigitlarda öziga bölgan ishonch juda yuqori. Eron böladimi, Avstraliya böladimi, bemalol tengma-teng öynayapmiz, ayrim vaziyatlarda ustunlik ham qilyapmiz hatto. Oyoğimiz qaltiramayapti. Töğri, muammolarimiz ham yetarliça, xatolarimiz ham köp, ideal darajaga çiqa olmadik. Lekin asosiysi ruhiyatimiz özgardi. Içki ishonch paydo böldi. Bu Katanesning katta yutuği va xizmati böldi.

Endi oldimizda eng muhim öyinlar qoldi. Bizni tarixiy natijadan atigi 4 tagina öyin ajratib turibdi. Qirğiziston, Eron, BAA va Qatar. Yarim yölda boş murabbiy almaşişi unçalik yaxşi emas, albatta. Ayniqsa, jamoa ijobiy natijalar körsatib turgan paytda. Ammo bu özgariş soğliği işiga xalaqit berayotgan murabbiy bilan işlaşni davom ettirişdan köra yaxşiroq. Yaʼni ikkita yomon qarorning yaxşiroği tanlandi, bundan xursandman.

Umid qilamanki, bu yigitlarimizning ruhiyatiga taʼsir qilmaydi, aksinça yangi murabbiy jamoaga ijobiy impuls bera oladi. Qiziq, bunday masʼuliyatli vazifasini kim zimmasiga olarkin? 4 ta öyindan söng yoki olqiş oladigan qahramonga, yoki butun millatning qarğişiga qoladigan omadsizga aylanişi mumkin. Juda nozik palla.

Nima bölsa ham, Alloh omadimizni bersin. Çiqsak çiqa qolaylik öşa jahon çempionatiga. Birinçisida muzqaymoq yeb kelsak ham mayli, xuddi olimpiya terma jamoamiz kabi.

👉@xushnudbek👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek