Nukus voqealarida ayblangan yana 39 kişi ustidan sud jarayonlari boşlanadi
Nukus voqealarida ayblangan yana 39 kişi ustidan sud jarayonlari boşlanadi
2022-yil 1-2-iyul kunlari Nukus şahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarda ayblangan şaxslar ustidan navbatdagi sud jarayonlari şu yil 6-fevral kuni Buxoro viloyat sudi binosida boşlanadi.
Mazkur iş doirasida 39 nafar sudlanuvçiga oid jinoyat işi körib çiqiladi.
Sudlanuvçilar Jinoyat kodeksining 104 (Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş), 166 (Talonçilik), 244 (Ommaviy tartibsizliklar), 244-1 (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) va 247-modda (Öqotar qurol, öq-dorilarni yoki portlatiş qurilmalarini qonunga xilof ravişda egallaş) larida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Barça sudlanuvçilarga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.
👉 @xushnudbek 👈


