Fikr

Odamlar hayotidan tezlikni ustun köruvçilar

Matn25-sentabr, 2022, 12:553 daqiqa0 koʻrish

Odamlar hayotidan tezlikni ustun köruvçilar

✅ Şavkat Mirziyoyev raisligida şu yil 11-fevral kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida maktab va boğçalar oldida avtomobil tezligini maksimal 30 km/soat, ayrim gavjum köçalarda esa hozirgi 70 km/soatdan 60 km/soatga tuşiriş zarurati borligi körsatib ötilgan va bu böyiça mutasaddilarga topşiriqlar berilgandi.

📝 Uşbu topşiriq asosida Toşkent şahar IIBB YHXB poytaxtning ayrim köçalarida transport vositalarining yuqori tezligini soatiga 60 kilometrgaça çeklaş masalasini Xalq deputatlari şahar kengaşiga kiritgan.

❌ Ammo muhokama jarayonida ayrim deputatlar bunga qarşi çiqibdi. GazetaUz naşrining şu mavzuda tayyorlagan materialini öqib, töğrisi şunday deputatlarimiz borligidan uyalib ketdim.

🗣 Bittasi «70 — şusiz ham past tezlik, hayot şiddat bilan rivojlanmoqda, biz esa tezlikni sekinlaştirmoqçimiz» degan bölsa, boşqasi «Tezlikni 60 km/soatga kamaytiriş bilan heç narsa özgarmaydi» deb salkam fol oçibdi.

♻️ Tezlikni kamaytiriş taklifiga qarşi deputatlar bu masalani butunlay muhokamadan olib taşlaşni ham aytişibdi. Ammo hartugul tuşungan deputatlar ham yöq emas ekan, ularning taşabbusi bilan masala keyingi sessiyada qayta körib çiqişga qoldirilibdi.

Jamoatçilik fikri: «Piyoda yurmaydiganlar qaror qabul qilsa»

Deputatlarning uşbu qarori ijtimoiy tarmoqda keng muhokama qilindi. Aksariyat fikrlar salbiy.

DavletovUz yozmoqda:

«Na jamoat transportida, na piyoda yuradigan odamlar, jumladan, şahrimiz deputatlari qaror qabul qilsa şunaqa böladi. Vaholanki, Toşkent köçalari allaqaçon ölim trassalariga aylanib böldi».

Nikita Makarenko yozmoqda:

«Barça olimlar va xalqaro taşkilotlar tezlikni 10 km/soatga kamaytiriş ham piyodalar jarohatlanişini 30 foizga kamaytirişini isbotlagan.

Kengaşdagilar, siz zarraça açinmaysiz. Çorrahalarda bosib ketilgan bolalarning qoni qöllaringizdan pastga tomadi, oyoqlaringizga saçraydi, iş haqlaringiz evaziga sotib olgan Mersedes Gelendvagenlaringiz şinalariga oqadi.

Hurmatli Özbekiston rahbariyati, iltimos, kelinglar, uşbu muhim islohotni şu şarmandalar iştirokisiz amalga oşiraylik».

Garvard universiteti ilmiy tadqiqotçisi Botir Qobilov yozmoqda:

«Xalq öz qahramonlarini bilişi kerak. Undanam muhimroği, öz qahramonlarini saylaşi kerak.

Aslida, Toşkent kabi ziç şahar içida 60 km/soat ham katta tezlik, undan ham pastroq bölişi kerak. 21-asrda inson hayotining qadri bor jamiyatlarda bu haqda heç qanday bahs va munozaralarga örin qolmagan.

Deputatlarning fikriga köra, hayot juda tez oldinlab ketayotgan ekan va biz esa uni sekinlaştirmoqçi ekanmiz. Keçirasiz, nima? Köçadagi ölimlarni tezda töxtatiş örniga, bolalarimizni maktabga kuzatayotganda uyga qaytib kela olarmikan degan qörquvlarni kamaytiriş örniga bu kabi demagogiya bilan yana qaçongaça şuğullanamiz?!

Mahalliy deputatlarning, xalq vakillarining inson hayotida naqadar muhim rol öynaşi haqida bekorga qayta-qayta aytmayman. Deputatlar nima masalaga qanday ovoz berayotganlari, qanday fikr berişlari ularning keyingi faoliyatiga töğridan-töğri taʼsir qilişi kerak. Men şaxsan umid qilamanki, bu kabi deputatlar keyingi saylovlarda yutqazib, öz joylarini böşatib beradilar».

Şu örinda «Kiçkina tabib» filmida aytilgan mahşur ibora esimga tuşib ketdi: Kunimiz kinnaçilarga qolgan, Şahnoza.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek