Oliy sud: Mubaşşir Ahmad 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Oliy sud: Mubaşşir Ahmad 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Sud hukmiga köra, u Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatiş) 2-qismi, 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) 3-qismi “g” bandi va 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş, olib kiriş yoki tarqatiş)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli, deb topildi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlaş) qöllagan holda 59 (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) va 61 (jazolarni qöşişning hisoblaş qoidalari) moddalari tartibida 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Tayinlangan jazo umumiy tartibli koloniyalarda ötalişi belgilandi.
Şu bilan birga, Internet tarmoğidagi Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlari, Telegram messenjeri hamda YouTube videohostingidagi Mubaşşir Ahmad va Azon Global – Muqobil axborot-tahliliy kanali nomli sahifalar (kanallar) faoliyati töxtatilib, bloklanişi belgilandi.
- 8 Telegram Stars


