Olmaotadagi yonğinda 2 nafar özbekistonlik halok bölgan

Video1-dekabr, 2023, 13:525 daqiqa0 koʻrish

Olmaotadagi yonğinda 2 nafar özbekistonlik halok bölgan

30-noyabr tongida Olmaotadagi hostelda röy bergan yonğin oqibatida 13 kişi, jumladan, 23 yaşar ikki nafar özbekistonlik halok böldi. Qurbonlarning ikki nafari rossiyalik, qolganlar esa qozoğistonlik.

Yonğin boşlangan vaqtda hostelda 72 kişi bölgani, 59 nafari u yerdan qoçib çiqişga muvaffaq bölgani aytilmoqda. Quvvatlagiçda turgan elektrosomakat yonğinni yuzaga keltirgani taxmin qilinmoqda.

Uç qavatli turarjoy binosining birinçi qavati va yertölasida taşkil qilingan hostel 1,5 oy avval oçilgan. Qozoğiston rasmiylariga köra, bunday binodan hostel sifatida foydalaniş mutlaqo mumkin bölmagan.

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi yonğin oqibatida halok bölgan yurtdoşlarimizning jasadlarini Özbekistonga qaytariş çoralari körilayotganini maʼlum qildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek782 ming obunachi