Oltinköl va Uluğnor tumanlari «Taşabbusli byudjet»dan çetlatildi
❗️Oltinköl va Uluğnor tumanlari “Taşabbusli byudjet”dan çetlatildi. Bunga tuman işçi guruhining “öyinlari” sabab bölgan
Yarim soatdan söng “Taşabbusli budjet” 2-mavsumi uçun ovoz beriş bosqiçi boşlanadi.
Ammo Andijon viloyati Uluğnor va Oltinköl tumanlaridagi loyihalarga ovoz beriş bosqiçi ötkazilmaydi, yaʼni uşbu tumanlar çetlatildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining xabar berişiça, bunga sabab tumandan kiritilgan loyihalar işçi komissiya tomonidan asossiz ravişda rad etilgan. Bu haqida fuqarolardan asosli dalillar bilan şikoyat va eʼtirozlar kelib tuşgan.
Masalan, Uluğnor tumanida jami 73 ta loyiha kelib tuşib, şundan faqat 13 tasi ovoz berişga ötkazilgan. Qolgan 60 ta loyiha esa heç qanday asossiz yoki sabablari tuşuntirilmagan holda rad etilgan.
Oltinköl tumanida esa jami 116 ta loyiha kelib tuşgan bölib, şundan 22 tasi ovoz berişga ötkazilgan, 94 ta loyiha asoslantirilmagan holda rad etilgan.
Vazirlik amaldagi qonunçilikda belgilangan mezonlarga asosan qayta körib çiqiş yuzasidan xatlar yuborgan bölsa-da, lekin tuman işçi guruhlari heç qanday çora körmagan.
Nima bu? Hokimlarning yangi öyinimi? Yutişi kerak bölgan loyihalarni qoldirib, boşqalarini heç bir sabab körsatmasdan rad qilib, şu yöl bilan hokim janoblari öz maqsadiga erişmoqçimi?
Öyinni ular qiladi-yu, lekin jabrini xalq köradi. Bu holat böyiça jiddiy suriştiruv ötkaziş va kamçiliklar aniqlanganda masʼullar tegişli javobgarlikka tortilişi kerak. Jamoatçilik taşabbuslariga sunʼiy tösqinlik qiladiganlar albatta jazosini olişi şart.
👉 @xushnudbek 👈
- 12 Telegram Stars


