«Onlayn referendum» natijalari yuzasidan brifing

Video12-yanvar, 2023, 20:472 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzXushnudbek.uz Telegram kanalida yangi soʻrovnoma e’lon qilindi. Ovoz berish orqali oʻz fikringizni bildiring.

"Onlayn referendum" natijalari yuzasidan brifing

Aziz Vatandoşlar! Hurmatli kanalimiz obunaçilari.

Xonimlar va janoblar.

Xabaringiz bor, Telegramdagi @xushnudbek kanalida alifboga oid "referendum" taşkil qilingan edi. Mazkur "referendum" xalqaro mezonlar va standartlar asosida oçiqlik, oşkoralik, erkinlik va adolat kabi umumeʼtirof etilgan demokratik prinsiplarga töla mos holda, kötarinki ruhda ötkazildi.

Ovoz beriş jarayonida kirill va lotin tarafdorlariga taşviqot uçun teng va keng imkoniyatlar yaratildi. Mahallabay kesimda uyma-uy yurib, "Men ovoz berişda qatnaşaman", "Sening ovozing hal qiluvçi bölişi mumkin" şiorlari ostida uyuşqoqlik bilan uçraşuvlar taşkil qilindi.

Ovoz beriş jarayonlarida qonunbuziliş holatlari aniqlanmadi, heç kimdan şikoyatlar kelib tuşmadi. Ayniqsa ota-onalarga farzandlarining telefoni orqali ularning nomidan “kirill” variantiga ovoz berişga yöl qöyilmadi.

Jarayon xorijiy va mahalliy kuzatuvçilar, ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan kuzatib va yoritib borildi.

(davomi bor)

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek