Openbudget haqida
Openbudget haqida
Openbudget böyiça köp eʼtirozlardan biri, maktab va şifoxonalarni tizimdan çiqariş haqida böladi. Lekin bu notöğri. Odatda mahalladagilar "biz raqobat qila olmayapmiz", deyişadi.
Maktab va şifoxonalar ham albatta qolişi kerak. Agar ular haqiqatdan muammo yoki adolatsizlik yaratayotgan bölsa (hali bu fakt emas, şunçaki taxmin), unda ijtimoiy obyektlarni alohida mavsum (1-mavsum, aprel-may), mahalla infratuzilmasini esa alohida mavsum (2-mavsum, avgust-sentyabr) sifatida böliş variantini öylab köriş kerak.
Şuningdek, «1 kişi 1 ovoz» prinsipi böyiça yuzlab sim-karta sotib olganlarga qarşi kuraşiş uçun UzIMEI tizimidan foydalaniş haqidagi takliflarimiz ham hozirça inobatga olinmayapti. 3 oydan keyin böladigan 2-mavsumda ham yana öşa falon pulga minglab sim-kartalar zaxirasini taxlab qöyganlar osongina ğolib bölib ketaveradi.
Özi ilgari Moliya vazirligida jamoatçilik faollari va mutaxassislardan iborat maxsus fokus guruhi bölardi, tizimni takomillaştiriş böyiça masʼullar bilan doimiy birga işlanardi, muloqot bor edi. Iqtisodiyot va moliya vazirliklari birlaşgandan keyin bunaqa fokus guruh ham yöqolib ketdi. Vazirlik bilan muloqot uzildi.
Buyoqda esa Şavkat Mirziyoyev "Taşabbusli byudjet" uçun ajratiladigan mablağni 3 barobar oşirib, 24 trln sömga yetkaziş haqida gapirmoqda. Bu degani "Open budget"ga talab yanada oşadi, faollik ortadi. Tizim-çi, bunga tayyormi?
👉 @xushnudbek 👈
