Oq uy Donald Trampning Ğazoda tinçlik örnatiş böyiça rejasini eʼlon qildi
🇺🇸🇵🇸Oq uy Donald Trampning Ğazoda tinçlik örnatiş böyiça rejasini eʼlon qildi
Unga köra, 20 bandli tinçlik dasturida quyidagilar nazarda tutilgan:
➖ Isroil Ğazoni bosib yoki qöşib olmaydi. Sektor aholisi köçirilmaydi;
➖ Ğazo "radikalizmdan xoli, terrordan ozod hudud"ga aylanadi va qöşni davlatlarga tahdid solmaydi;
➖ Ğazoda maxsus iqtisodiy zona taşkil etiladi. Hududni boşqariş vaqtinçalik ravişda falastinliklar va xalqaro mutaxassislardan taşkil topgan Falastin qömitasiga ötkaziladi. Uşbu qömita Tramp boşçiligidagi xalqaro muvaqqat organ – "Tinçlik kengaşi" nazorati ostida faoliyat yuritadi;
➖ Isroil uşbu kelişuvni ommaviy qabul qilganidan söng HAMAS 72 soat içida barça garovdagilarni (jami 48 kişi, şundan 20 nafari tirik ekani taxmin qilinmoqda) qaytarişi şart;
➖ Barça garovdagilar ozod etilgaç, Isroil 2023-yil 7-oktyabrdan keyin hibsga olinib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 250 kişini va 1 ming 700 nafar falastinlikni ozod etadi;
➖ Qurolini topşirib, kuraşdan voz keçişga tayyor bölgan HAMAS aʼzolari uçun afv eʼlon qilinadi. Ular Ğazoni xavfsiz va erkin tark etişlari mumkin böladi. Agar ikkala tomon ham bu taklifni qabul qilsa, uruş darhol töxtatiladi.
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Trampning tinçlik dasturini qabul qilişga tayyorligini aytdi. Şuningdek, uşbu reja 🇶🇦Qatar va 🇪🇬Misr vositaçiligida HAMAS rahbariyatiga yetkazildi.
🇹🇷Turkiya, 🇸🇦Saudiya Arabistoni, 🇦🇪BAA va 🇯🇴Iordaniya ham Trampning bu rejasini qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
👉 @xushnudbek 👈
- 7 Telegram Stars


