Fikr

Oqibatlar emas, sabablar haqida

Matn9-sentabr, 2026, 12:133 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzMuallif tezlikni oşirganlik uçun jarima ballarini tabaqalaştirişni, yaʼni yuqoriroq tezlik uçun köproq ball berişni taklif qildi.

Oqibatlar emas, sabablar haqida

Agar jiddiy gapirsak, bizdagi yöl qoidalariga bölgan yuzaki va hattoki varvarlarça munosabat ildizlari baribir Hukumat yöl qöygan xatolarga borib taqaladi. Tuppa-tuzuk, dunyoqaraşi keng insonlar ham rulga ötirsa ibtidoiy jamiyat vakiliga aylanib qolişi öz-özidan emas. Jamiyatda bunaqa toifa köpligi uçun odamlarning özini aybdor qiliş ham adolatdan emas.

Eng avvalo, uzoq yillar Özbekistonda avtomobil importiga qöyilgan ahmoqona taqiqlar tufayli maşinalar ilohiy mulk darajasiga çiqib qoldi. Xalq maşina xarid qilişda navbat oliş uçun minglab dollar “şapka” berdi, maşinasi çiqişini intiq bölib yillab kutdi, çiqqandan keyin boşqaga sota olmasligi uçun ham taqiqlar qöyildi, benzin kabi yoqilği muammolari sababli maşina butunlay arzanda va erkatoyga aylanib qoldi. Yaʼni maşina endi şunçaki A nuqtadan B nuqtaga olib boradigan vosita emas, balki öta qimmatbaho va erişiş qiyin bölgan mulkka aylandi.

Şaharlar içidagi jamoat transportining rasvo holati tufayli odamlar maşinadan boşqa narsada yura olmay qoldi. Temir yöl va içki aviaqatnovlar laʼnati monopoliya tufayli umuman rivojlanmadi, natijada şaharlar örtasidagi qatnov ham faqat maşina orqali bölib qoldi.

Maktab va boğçalarda yöl harakati qoidalari haqida deyarli umuman gapirilmadi. Bu mavzuda tarğibot işlari olib borilmadi. Çunki Yöl harakati xizmatining tepasida ham maşinani jondan sevadigan avtoterroristlar ötirdi.

Yöl belgilari, svetoforlar, çorrahalar, umuman infratuzilma aql bilan işlab çiqilmadi, yaxşilaşga harakat ham qilinmadi. Yöllardagi holat faqat odamlarni tuzoqqa tuşiriş, haydovçilardan pora undiriş, jarimaga tortişga yönaltirilgan böldi. Natijada uzoq yillar yöl patrul inspektorlari eng poraxör qatlam sifatida miyamizga örnaşib qoldi. Albatta, bunga ularning kam oylik olişi ham sabab bölganini eslamasak, adolatdan bölmaydi.

Haydovçilik guvohnomalarini oçiqçasiga sotdik va bundan umuman uyalmadik. Buni hamma bilar edi va heç kim norozi emasdi.

Yöl qurilişi böyiça, menimça, Markaziy Osiyodagi eng qoloq davlat böldik. Içki yöllar deysizmi, magistral yöllar deysizmi, barçasi ilma-teşik bölganidan haydovçilar hozir ham doim aytadigan şablon bahona paydo böldi: bizdan qoidaga böysunişni söragunça, yöllarni töğrilanglar!

Xullas, bularning barçasi birlaşib, qöpol qilib aytganda, odamlar hatto farzandidan ham maşinasini ustun qöyadigan darajaga olib bordi. Bu esa öz-özidan yöllardagi vaziyatga salbiy taʼsir qilmay qolmadi.

Hozir jarimalar va radarlar haqidagi mavzular şu darajada nozik, oson xayp qilsa böladigan va millionlab insonlarni öziga jalb qiladigan mavzuga aylandiki, farzand tarbiyasi, maktab, taʼlim mavzularida bunçalik keng muhokama bölmaydi. Yaʼni odamlarga farzandining taʼlimi emas, maşina köproq qiziq.

Ayb faqat odamlardami? Heçam-da. Bu özimiz uzoq yil ekkan uruğ, endi hosilini teryapmiz xolos.

Butun tizim haydovçilik madaniyatini eng qoloq körinişga keltirib qöydi. Şu sababli hozir yöl qoidalariga amal qilişni talab qilib çiqadigan har qanday inson “xalq duşmaniga” aylanadi. Xalqqa qarşi, aksinça Hukumatga xuşomadgöy inson, deb qabul qilinadi.

Har yili yöllarimizda 2 mingdan ortiq odam ölişi, bu borada biz dunyodagai eng ayançli vaziyatdagi davlatlardan biri ekanligimizni misol qilsangiz ham qabul qilişmaydi. Heç esimdan çiqmaydi, Oliy Majlisdagi men juda hurmat qiladigan bir deputat bilan suhbatda “sizlar odamlar ölimi orqali manipulyatsiya qilyapsizlar, sizlar radar örnatgan tadbirkorlardan pul olyapsizlar” deb tuhmat qilgandi. Agarki, dunyoqaraşi keng, olim inson bölgan deputat şu gapni aytayotgan ekan, boşqalarga hayron bölmaslik kerak.

Bu butun jamiyatga tekkan kasallik. Illat. Vabo. Epidemiya. Buni bittada davolaydigan vaksina hozirça yöq. Afsuski, uzoq muddatli davolanişdan ötişimiz kerak. Balki bu avlod tuzalmas, bitta avlod almaşişi kerakdir, kim bilsin.

Bularning barçasi IMHO.

👉 @xushnudbek 👈

  • 79 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek