Fikr

Mana bu uyatsizga jarima qöllaşibdi

Video8-sentabr, 2026, 23:133 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzXuşnudbek Xudoyberdiyev tez yordam va öt öçiruvçilarga yöl bermaganlik uçun jarimani 15 baravargaça oşiriş va haydovçilikdan mahrum qilişni taklif etdi.

Mana bu uyatsizga jarima qöllaşibdi. U şunçalar uyatsiz şarmanda ekanki, “eşitmay qoldim” deb bahona qilibdi. Agar quloği töla kirligidan eşitolmagan taqdirda ham, tez yordam ança joygaça sirenasini yoqib ortidan borganini körmasligi mumkin emas edi. Ayniqsa, tunelga tuşgan paytda.

Gaplarida ziğirça afsus sezilmaydi, hatto bir oğiz uzr yöq.

Lekin savol baribir masʼullarga beriladi:

nimaga bunaqa vijdonsiz şarmandalar 50% çegirmali atigi 1 mln söm jarima bilan qutilişi kerak? Ertaga örtoqlariga “arzimagan pul bilan qutilib ketdim, qöllaridan boşqa nima ham kelardi” deb maqtanib yurişi uçunmi?

Nimaga bunaqa vijdonsiz şarmandalar atigi 0,5 ball bilan qutilib ketişi kerak? Sizlarning qanaqa ojiz ekanligingiz haqida gapirib, ustingizdan kulişi uçunmi?

Tonirovkaga tegişli ruxsati böla turib, atigi 5% köproq qoraytirib qöygan haydovçilarga ham 0,5 ball, mana şunaqa bilvosita özgalar hayotiga suiqasd qiluvçi yöl “qotillariga” ham 0,5 ball.

Ajoyib! Sizlarning adolatingizdan örgilay! Beş baho!

👉 @xushnudbek 👈

  • 75 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek