Öqituvçilarga ustama oliş uçun beriladigan milliy sertifikat yuzasidan
Öqituvçilarga ustama oliş uçun beriladigan milliy sertifikat yuzasidan
Şu kunlarda köplab öqituvçilar tomonidan murojaatlar kelib tuşmoqda. Unga köra, ustama oliş uçun milliy sertifikat testidan ötib, tegişli ball töplagan öqituvçilar ayrim tuşunmovçilikka duç kelişmoqda.
Yaʼni avvallari milliy sertifikat uçun test natijalari 100 ballik reytingda çiqarilardi, endilikda BMB testlar natijalarini hisoblaşda Raş modeliga ötdi (batafsil).
Ammo öqituvçilarga ustama berişga oid hujjatlarda eski şkala qolib ketgani, hali hujjat yangilanmagani uçun tuşunmovçilik yuzaga keldi.
Mazkur masalada Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi masʼullari bilan boğlandim va masalaga oydinlik kiritişga harakat qildim.
Vazirlik uşbu muammodan xabardor hamda yeçim sifatida amaldagi qonun hujjatlariga özgariş kiritiş haqidagi loyiha işlab çiqilgan. Hozirda hujjat loyihasi tegişli taşkilotlar bilan kelişilib, eskpertiza uçun Adliya vazirligiga kiritilgan.
Yangi loyihaga köra, avvalgi hisoblaş tizimida olingan milliy sertifikatlar uçun 80 balldan yuqori ball olganlarga ustama belgilanadi. Yangi Raş modelida esa A va A+ darajadagi sertifikat uçun ustama beriş rejalaştirilmoqda.
Boşlanğiç taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yönalişi uçun esa avvalgi hisoblaş tizimida 60 ball olganlarga, yangi Raş modelida esa C+ yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uçun ustama beriş rejalaştirilgan.
Albatta, bu hali loyiha xolos. Hozirça tasdiqlangani yöq.
❗️Taklif: öqituvçilarga ustama beriş uçun talab etiladigan darajani avvalgidan kötarib qöyilişi (har holda bir qaraşda şunday tuyilmoqda), öqituvçilar orasida noroziliklarni keltirib çiqaryapti. Bu böyiça ijtimoiy tarmoqlarda eʼtirozlar yozilmoqda. Masʼullar B+ daraja uçun ham ustama beriş variantini körib çiqişi maqsadga muvofiq.
“Savollar oson, bu test aslida abituriyentlar uçun” degan vajlar ötmaydi. Bunda öqituvçilarning aybi yöq. Öqituvçiga mos imtihon taşkil qila olmayotganlarning muammosi bu aslida.
👉 @xushnudbek 👈


