«Öquv sifatini yetarliça taʼminlay olmaganimiz sabab sirtqi taʼlim tugatildi» — Qönğirotboy Şaripov
“Öquv sifatini yetarliça taʼminlay olmaganimiz sabab sirtqi taʼlim tugatildi” — Qönğirotboy Şaripov
Oliy taʼlim vaziri “Daryo”ga bergan intervyusida sirtqi taʼlim şaklining tugatilişiga asosiy sabab taʼlim sifatining yetarliça taʼminlab bera olinmagani ekanini maʼlum qildi.
“Biz bu yönalişda taʼlim sifatini 100 foiz taʼminlab bera olmaymiz. Çunki bilamizki, talabalarning köpçiligi iş bilan band, vaqtida darsga kela olmaydi. Buni hammamiz körib turibmiz, yaşirişga hojat yöq”, – dedi u.
Vazirning aytişiça, endi öqiş istagidagilar uçun sirtqi örniga masofaviy taʼlim şakli yölga qöyiladi. Mazkur yönalişda nazorat kuçliroq böladi. Talaba har kuni kompyuteridan darsga kirib, masofadan öqişi kerak böladi. Örniga boşqa odam kirsa yoki imtihonlarda qanaqadir “şpargalka”dan foydalanaman desa, uning kompyuteri avtomatik tarzda öçirib qöyiladi.
“Özi butun dunyoda sirtqi taʼlim şakli yöq. Biz kredit-modul tizimiga ötdik, dunyodagi top-300 talik reytingdagi universitetlar dasturlarini qabul qilyapmiz. Xorijdan professor-öqituvçilarni işga taklif qilyapmiz.
Yevropa, Amerika yoki boşqa davlatlarga qarasangiz kunduzgi, keçki, masofaviy va uzaytirilgan taʼlim şakllari mavjud. Talabalarga institutni tört yilda emas, 5–10 yilda ham bitiriş imkoniyati beriladi. Şuning uçun bundan qörqiş kerak emas. Örniga muqobil taʼlim şakli berilyapti”, – dedi Şaripov.
👉 @xushnudbek 👈


