Muhim

Telegramdan onlayn kredit beramiz, degan firibgarlarga işonmang

Albom29-iyun, 2025, 13:414 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

‼️Telegramdan onlayn kredit beramiz, degan firibgarlarga işonmang
#firibgar

Telegramda onlayn kredit berişni vaʼda qiladigan firibgarlar köp. Ular turli sxemalarda işlaydi. Sodda odamlar esa barçasiga işonib ketaveradi.

Bugun ana şunaqa firibgarlar tarmoği bilan boğlanib kördim. Mahigul Komilova degan nom bilan işlaydigan bu firibgarlarning quyidagi botlarini topdim:

1) @makhigulkredituz_bot
2) @Makhigulkredit_bot
3) @makhigulcredit_bot
4) @Makhigul_credit_bot
5) @makhigul_kredit_bot

❗️ESLATMA: bular firibgarlarning botlari, işonib ötirmang.

Dastlab işonarli çiqişi uçun goʼyoki minnatdor mijozlarning videosi va yozişmalarini yuborişadi. Lekin videolar sunʼiy inttellekt tomonidan yaratilgan, yozişmalar skrinşotlari ham soxta.

Firibgarlar mendan ism-şarifimni, plastik karta raqamimni va pasport seriyamni söraşdi. Savollarga atayin öylab topilgan ism, mavjud bölmagan plastik karta va pasport raqamini yubordim.

Falonçiyev Pistonçi
8600 1234 5678 9999
AV9876543

Birozdan söng ular “kreditingiz tayyor böldi”, deyişdi. Şundan ham ularning firibgarligini bilsa böladi, Siz yuboradigan maʼlumotlarni ularga umuman qiziği yöq, kredit beriş niyati ham yöq.

Ular menga Markaziy bank nomidan soxta şartnoma yubordi.

❗️Eslab qoling: Markaziy bank fuqarolarga kredit beradigan taşkilot emas!

Kreditni yuborişlari uçun avval 400 ming söm xizmat haqi tölaşimni talab qilişdi. Yana biroz muddat javob bermasangiz, sizga mana bunaqa dağdağa ham qiladi:

Nega javob bermayapsiz? Siz özingizni judayam xunuk tutyapsiz va meni bank menejeri va bank oldida noqulay ahvolga solyapsiz…

Qaçon bizning xizmatlarimizga tölaysiz va kreditni olasiz?

Firibgarlar dastlabki tölov uçun 400 ming sömni jismoniy şaxslarning plastik kartalariga qabul qilmoqda. https://uzcredit.com saytida mana şu plastik kartalar raqamlari va egalarining ism-şarifi körsatilgan.

1) Laylo Abdusalimova
9860 2466 0203 9520
9860 2466 0225 2602
9860 2466 0205 8983
Octobank

2) Karimova Karina
9860 6004 3026 4546
Anorbank

3) Sabina Begmuradova
9860 1766 2153 1670
Ipak Yöli Bank

Sodda odamlar mana şu kartalarga pul ötkazmoqda. Tegişli organlar mana şu karta egalarini topsa, kalavaning uçi çiqib keladi.

Kiberxavfsizlik xizmatlari aslida mana şunaqa onlayn firibgarlarni doimiy monitoring qilib borişi, yangi sxemalarni aniqlaşi, ularga mijoz sifatida yozib körib, jinoyatçilarni topişga harakat qilişi kerak. Eng muhimi, firibgarlik sahifalarini esa bloklaş çoralarini körişi kerak.

Qaçon ariza bölsagina, keyin harakat qilamiz, deb qöl qovuştirib ötiriş eng notöğri iş. Vaholanki, ariza bölsa ham aksariyat hollarda baribir onlayn firibgarlardan jabr çekkan fuqarolarimizga yordam bera olişmayapti, “izini topib bölmaydi” deb qutilmoqda.

‼️Iltimos, hurmatli yurtdoşlar! Internetdagi duç kelgan firibgarlarga işonib ketavermang! Telegramdan kimdir sizga onlayn qarz yoki kredit taklif qilsa, öşa odamdan uzoqroq yuring.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek