Özbek-Fransuz universiteti taşkil etildi

Matn27-noyabr, 2025, 17:261 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🏢 Özbek-Fransuz universiteti taşkil etildi

Bu böyiça Prezident qarori qabul qilindi.

📝 Unga köra, universitet öz faoliyatini Özbekiston qonunçiligi talablari hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida amalga oşiradi.

👨‍🎓 Universitetda muhandislik, aniq va tabiiy fanlar, fransuz tili va adabiyoti, bioinformatika, transport xizmatlari, qayta tiklanuvçi energetika sohalari uçun dastlabki bosqiçda magistratura, keyinçalik bosqiçma-bosqiç bakalavriat va doktoranturada kadrlar tayyorlaş yölga qöyiladi.

📃 Şuningdek, universitetga kiriş uçun tayyorlov kursi joriy etiladi.

🗓️ 2026/2027-öquv yilidan boşlab tayyorlov kursi va magistraturaga talabalar qabuli taşkil etiladi.

💰Taʼlim jarayoni maqsadli davlat granti va tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.

📙 Bitiruvçilarga universitet diplomi va (yoki) Fransiyada akkreditatsiyadan ötgan taʼlim dasturlari böyiça konsorsium tarkibiga kirgan tegişli Fransiya universitetining diplomi beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek