Özbek xalqi uçun qonli kun

Foto4-oktabr, 2023, 22:092 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbek xalqi uçun qonli kun

Bundan 85 yil oldin ayni şu kuni, yaʼni 1938-yil 4-oktyabr - Özbekiston tarixidagi eng qayğuli va qonli kunlardan biri. Sababi öşa kuni manfur Stalin qatağonining navbatdagi yirik seriyasiga start berildi.

SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining sayyor yiğilişlarida özbek xalqining eng oldi maʼrifatparvarlari, ziyolilari, olimlari va davlat arboblariga hukm öqildi va ularning aksariyati otib taşlandi.

Jumladan, 4-oktyabr kuni Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Çölpon, Abdurauf Fitrat kabi el ardoğidagi şoir va yozuvçilar, Ğozi Olim Yunusov, Qayum Ramazon, Otajon Hoşimov, Majid Qodirov, Ziyo Saidov kabi adabiyotşunos olimlar, birinçi özbek kinorejissyori va fotografi Xudoybergan Devonov otuvga hukm qilindi. Ular hukm çiqarilgan kuniyoq, 1938-yilning 4-oktyabrida, şoşilinç qatl etildi.

Harbiy kollegiyaning 1938-yil 4-oktyabrdan 16-oktyabrgaça bölgan sayyor yiğilişlarida jami 507 nafar özbekistonlik siyosiy mahbuslar ustidan hukm çiqarildi. 1934-38-yillarda Özbekistondan 40 ming nafardan ortiq insonlar qatağon qilindi. Şularning 730 nafari «xalq duşmani» sifatida otib taşlandi.

Vatan va millat uçun jon fido qilgan özbek xalqining buyuk farzandlari xotirasi oldida boş egaylik. Oxiratlari obod, ruhlari şod bölsin! Ilohim, bunday kunlar boşqa heç qaçon qaytib kelmasin.

P/S: suratda Abdurauf Fitratni ölimga hukm qiliş haqidagi hukm aks etgan. Hukmga eʼtibor qilsangiz, unda 5-oktyabr sanasi turibdi. Yaʼni ayrim özbek ziyolilari avval 4-oktyabrda otilib, ertasi kuni ularga hukm rasmiylaştirilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek