Oliy sud Abdulla Qodiriyga nisbatan 1926-yilda çiqarilgan hukmni bekor qilib, adibni oqladi
1-dekabr kuni Oliy sudda atoqli özbek yozuvçisi Abdulla Qodiriyga nisbatan çiqarilgan Özbekiston SSR Oliy sudi jinoyat işlari hayʼatining 1926-yil 16-iyundagi hukmi ustidan uning nabirasi Xondamir Qodiriy tomonidan berilgan apellyatsiya şikoyati körib çiqildi. Natijada bundan 97,5 yil ilgari çiqarilgan sud hukmi bekor qilinib, adib oqlandi.
Eslatib ötamiz, Qodiriy 1926-yilda hukumat rahbarlarini obrösizlantirişda ayblangan, bunga uning “Muştum” jurnalida çop etilgan “Yiğindi gaplar” maqolasi sabab bölgan. Yozuvçining: “Men maʼnaviy öldirildim, endi men uçun jismoniy ölim heç narsa emas!”, degan maşhur xitobi öşa sud jarayonida aytilgan.
Abdulla Qodiriyni otib taşlaş haqida 1938-yilda çiqarilgan sud qarori 1957-yilda bekor qilinib, uning nomi oqlangan edi.
👉 @xushnudbek 👈


