Tushuntirish

Özbekiston barça gaz va neft zaxiralarini 35 yilga Rossiya oligarxlariga topşirganmi?

Matn13-fevral, 2023, 17:363 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Özbekiston barça gaz va neft zaxiralarini 35 yilga Rossiya oligarxlariga topşirganmi?

❌Qisqa javob: Yöq, Özbekiston energotizimini heç qaysi davlatga topşirib qöymagan.

✅ Kengaytirilgan javob: Özbekistondagi yetakçi OAV vakillari, blogerlar hamda ekspertlar energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov, “Özbekneftgaz” rahbari Mehriddin Abdullayev bilan uçraşdi va bugungi kunda köpçilikni öylantirayotgan savollarga izoh söraşdi.

Eng asosiy savol, albatta — Özbekiston 35 yilga BARÇA gaz va neft konlarini Rossiya oligarxlariga berib qöyganiga oid maʼlumot haqida böldi.

Energetika vazirining taʼkidlaşiça, bu mutlaqo notöğri va yolğon xabar.

Gap faqat Boysun tumanida joylaşgan BITTA M-25 koni haqida (Özbekistondagi BARÇA konlar emas).

Mahsulot taqsimotiga oid Bitim (SRP) tomonlari:

Bir tomondan (Hukumat) — Özbekiston Respublikasi;

Ikkinçi tomondan (Investor) — 3 ta kompaniyadan iborat konsorsium, yaʼni:

1) «Gas Project Development Central Asia AG» (Şveysariya);
2) «Altmax Holding Ltd» (Kipr);
3) “Uzneftegazdobiça” AJ (Özbekiston, davlat korxonasi).

Bitim muddati: 35 yil

Bitim şarti:

1) Investorlar hududga bir neça mlrd dollar investitsiya kiritadi, geologiya-qidiruv işlarini amalga oşiradi, konni özlaştiradi, zavod quradi, infratuzilma yaratadi. Bularning hammasi investorlar mablağlari evaziga böladi. Davlat byudjetidan bir tiyin ham pul işlatilmaydi yoki davlat kafolati ostidagi kreditlar olinmaydi;

2) Kelgusida gaz işlab çiqariş boşlangaç, daromadning (barça xarajatlar va Özbekistonga tölanadigan soliqlardan qolgani) 50%i Özbekiston Respublikasiga, qolgan 50%i esa investorlarga bölinadi.

❓Nega 35 yil?

Şuni 10 yil, 15 yil yoki 20 yil qilsa bölmasmidi, deb söradik.

Masʼullarning aytişiça, mazkur kon Surxondaryoning relyefi öta murakkab bölgan Boysun toğlarida joylaşgan. U yerda gaz qazib çiqarişni taşkil qiliş uzoq va murakkab jarayon. Masalan, 2017-yilda işlar boşlangan bölsa, mana oradan salkam 6 yil ötgan bölsada, haligaça gaz qazib çiqariş boşlangani yöq. Yaʼni bu joyda gaz qazib çiqarişni yölga qöyişning öziga kamida 8 yil, yöqsa taxminan 10 yil vaqt ketadi.

Şuningdek, investor kiritgan mablağning qoplaniş muddatini ham hisobga oliş kerak. Şu sababli bitim 35 yilga tuzilgan.

❓Nega aynan şu kompaniyalar tanlangan?

Bu savolni ham berdik.

Yuqorida aytilganidek, uşbu kon juda noqulay joyda joylaşgan. U garçi 1960-yillarda aniqlangan bölsada, lekin sobiq SSSR vaqtida ham konni özlaştiriş imkoni bölmagan.

Mustaqillik yillarida konni özlaştiriş böyiça takliflar köplab xorijiy kompaniyalarga berilgan (BP, Total va hk). Lekin ular rozi bölişmagan.

2006-yilda Malayziyaning Petronas kompaniyasi hamda Saudiya Arabistonining Delta Oil kompaniyalari mazkur konni örganişga kirişgan. Biroq, konning murakkab geologik tuzilişi, gaz tarkibida oltingugurt va uglevodorod oksidi miqdori yuqoriligi, iqtisodiy jihatdan past rentabelligi sababli yuqoridagi kompaniyalar 2013-yilda loyihadan öz ixtiyorlari bilan çiqişgan.

Şundan söng, kon yana bir neça yil qarovsiz qolgan. 2017-yilga kelib, yuqoridagi investorlarga berilgan.

🔍Oçiqlik haqida

Masʼullardan şunga oid tegişli hujjatlarni jamoatçilik uçun oçiqlaşni söradik. Işonçsizlik bölmasligi uçun, hamma öz közi bilan körişi kerak.

Şuningdek, uçraşuvda bunday bitimlarga oid qonunçilikni yangilaş haqida ham gap ketdi. Yaʼni qonunlarga bunday bitimlar albatta Parlament tomonidan tasdiqlanişi, matnlari jamoatçilikka oçiq eʼlon qilib borilişi, işlab turgan konlarni xorijiy yoki xususiy kompaniyalarga berişni taqiqlaş haqidagi talablarni qöşiş kerakligi taʼkidlandi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek