Muhim

Şimoliy Söx yerosti gaz saqlaş inşooti yana qayta işga tuşirilişi mumkin

Matn2-fevral, 2023, 11:021 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Şimoliy Söx yerosti gaz saqlaş inşooti yana qayta işga tuşirilişi mumkin. Bu esa qişda vodiyni gaz bilan taʼminlaşga katta yordam beradi

Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev keça, 1-fevral kuni Andijon şahrida ötgan yiğilişda maʼlum qildi.

«Afsuski öz vaqtida Söxdagi yerosti gaz saqlaş inşooti ayrim sabablar bilan yopib qöyilgan edi. Qirğizistondagi davlat taşrifi çoğida Sadir Japarov bilan bu masalada ham kelişib oldik. Yaqinda energetika vazirimiz Qirğizistonga borib, texnik tomonlarini kelişib keladi», — dedi Prezident.

Şuningdek, ÖzA muxbiri mazkur masala yuzasidan energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudovdan intervyu oldi.

«Şimoliy Söx yerosti gaz saqlaş inşootining hajmi taxminan 2,5-3 mlrd kub metr atrofida. Şundan 1,3 mlrd kub metr gazdan foydalaniş mumkin, qolgani bufer zonada turadi. Bu degani qiş mavsumida vodiyni har kuni 13 mln kub metr gaz bilan taʼminlaş imkoniyatimiz böladi.

Mazkur inşootning asosiy gaz saqlaş qismi Qirğiziston hududida joylaşgan, kompressorlar esa Özbekiston hududida. Şu sababli inşootdan umumiy foydalaniş borasida muzokaralar olib boriladi. Eng avvalo işçi guruh barça texnik va iqtisodiy tomonlarini batafsil örganib çiqadi. Çunki inşootdan ança yillardan buyon foydalanilmagan, hozirgi holatini yaxşilab örganib çiqişimiz kerak. Şundan söng şartlar kelişib olinadi. Balki bu ijara huquqi asosida bölar, lekin hozirça biror fikr aytişga erta», — dedi energetika vaziri.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek