Muhim

Özbekiston Fanlar akademiyasida ilmiy işlanmalar soni 3 baravar oşiriladi

Matn29-dekabr, 2025, 13:252 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Özbekiston Fanlar akademiyasida ilmiy işlanmalar soni 3 baravar oşiriladi

Bu böyiça Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorda keltirilgan asosiy yangiliklar:

➖ Fanlar akademiyasida 2030-yilga qadar belgilangan ustuvor yönalişlar böyiça ilmiy tadqiqotlar yölga qöyiladi;

➖ 2030-yilga qadar FA va uning tizim taşkilotlarida yangi ilmiy işlanmalar soni va tijoratlaştirişdan olinadigan mablağlar hajmi 3 baravarga; ilmiy xodimlar tarkibida yoşlar uluşi 60 foizgaça; nufuzli xalqaro ilmiy naşrlarda çop etilgan maqolalar soni 4 baravarga; akademiklar va professorlarning taʼlim jarayonidagi iştiroki 5 baravarga; xalqaro hamkorlikda amalga oşirilgan ilmiy tadqiqotlar soni 3 baravarga oşiriladi;

➖ Xorijdagi ilmiy diaspora Özbekiston ilm-faniga reintegratsiya qilinib, FA ilmiy muassasalarini raqobat tamoyili asosida moliyalaştiriş tizimiga ötadi, yoşlarning akademik fanlarda iştirokini kuçaytiriş uçun ularni rağbatlantiriş tizimini yaratiladi;

➖ Fan va sanoat integratsiyasi kengaşi taşkil etiladi va uning tarkibi Prezident Administratsiyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi;

➖ Fanlar akademiyasi boşqaruv apparati xodimlarining umumiy çeklangan soni 50 nafar etib belgilandi;

➖ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilğor texnologiyalar markazi hamda Innovatsion rivojlaniş agentligining Xalqaro molekulyar allergologiya markazi Fanlar akademiyasi tizimiga ötkaziladi;

➖ Namangan, Samarqand va Termiz şaharlarida Fanlar akademiyasining hududiy bölimlari oçiladi. Xalqaro ilm-fan kengaşining Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi taşkil etiladi;

➖ Fanlar akademiyasi jamğarmasi taşkil etiladi va davlat byudjetidan har yili 80 milliard söm miqdoridagi mablağ ajratiladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek